• А
  • Б
  • В
  • Г
  • Д
  • Е
  • Ж
  • З
  • И
  • К
  • Л
  • М
  • Н
  • О
  • П
  • Р
  • С
  • Т
  • У
  • Ф
  • Х
  • Ц
  • Ч
  • Ш
  • Э
  • Ю
  • Я
  • A
  • B
  • C
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • W
  • X
  • Y
  • Z
  • #
  • Текст песни Yulduz Usmonova - Gar o'lsam

    Исполнитель: Yulduz Usmonova
    Название песни: Gar o'lsam
    Дата добавления: 08.06.2016 | 00:35:27
    Просмотров: 45
    0 чел. считают текст песни верным
    0 чел. считают текст песни неверным
    Тут расположен текст песни (слова песни) Yulduz Usmonova - Gar o'lsam, перевод и видео (клип).
    Samodagi yulduzlarga ko’chsam hamki,
    Zulmatlarda shamdek yonib o’chsam hamki,
    Olislarda sendan ayro tushsam hamki,
    Daryo bo’lib toshar ko’nglim, toshar ko’nglim,
    Yurak sen deb urib turar - ona yurtim,

    Sen bo’lmasang bo’larmidim - Yulduz bugun,
    Ishqindan qalb yonar kecha-kunduz bu kun,
    Chuqur botdi qalbimga bir ildiz bu kun,
    Ildizidan uzilsa kim shaksiz so’nar,
    Ildizidan uzilmagan chinor bo’lar,

    Gar o’lsam, beshigimning yopinchig’in topinglar,
    Yirtiq yamoq bo’lsa-da tobutimga yopinglar,
    Ko’rsinlar yig’laganlar, umrim bir xatodir,
    Bu dunyodan topganim shu bir parcha – matodir…

    Senga tomon talpinarman, yuragim sen,
    Har qadamda panoh menga, keragim sen,
    Qayda bo’lmay sening bitta bo’laginman,
    Kecholmasman sendan asl o’zligimsan,
    Qora qoshli, qora ko’zli O’zbegimsan,

    Men Vatanni alishmasman(не поменяю) dunyolarga,
    Alishmasman Parij, Rim, Amriqolarga…
    Tuprog’ingni zarrasidek - tillolarga–ey!
    Ona yurtim dildan sevgan dilbandingman,
    Xizmatingga kamarbasta farzandingman…

    Gar o’lsam beshigimning yopinchig’in topinglar,
    Juldur-jamoq bo’lsa-da tobutimga yopinglar,
    Ko’rsinlar yig’ilganlar, umrim bari xatodir,
    Bu dunyodan topganim shu bir parcha – matodir…

    Chiqmay turib shirin joni badanidan,
    Kechmas Yulduz o’z elidan, Vatanidan,
    Ayro tushmas bulbul ham o’z chamanidan,
    Bulbul bo’lib navo qildim – bog’laringda,
    Garchi qancha alam qoldi - zo’glaringda…

    Gar o’lsam, beshigimning yopinchig’in topinglar,
    Yirtiq-yamoq bo’lsa-da, tobutimga yopinglar,
    Ko’rsinlar yig’ilganlar, umrim bari xatodir,
    Hayotimda topganim shu bir parcha – matodir…
    Shu bir parcha – matodir…
    Umrim bari xatodir…

    Смотрите также:

    Все тексты Yulduz Usmonova >>>

    Опрос: Верный ли текст песни?
    ДаНет